So`ngi yangiliklar
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Xorazmdagi oilaviy bogʻchada bolalarning oziq-ovqat puli va tarbiyalanuvchilarning oyligi tushirib berilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida oilaviy bogʻcha ochgan tadbirkor tomonidan videomurojaat yoʻllangan. Mazkur videomaterialda tadbirkor bolalarning oziq-ovqat puli tushirib berilmayotganligi hamda tarbiyachilarning oyliklari berilmayotganligini keltirilgan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi: Bogʻot tumani Nurli maskan mahallasida faoliyat olib borayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2021-yil 26-mayda 50 oʻringa moslashtirilgan holda oʻz faoliyatini boshlagan.
Taʼlim tashkiloti Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori asosida tarbiyalanuvchilarning elektron davomati orqali subsidiya mablagʻlarini olib kelayotgandi. 2024-yil fevral oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan elektron davomat oʻrganilganida tarbiyalanuvchining fotosuratida farq aniqlanganligi bois yanvar oyi subsidiyasi tashlab berilmagan.
Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 33-bandida: «DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning maʼlumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimi (REAL SOFT) ga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun toʻlangan subsidiyalar summasi toʻliq Davlat byudjetiga undirilishi hamda ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya toʻlovlari mazkur DXSH asosidagi MTTga hisoblanmasligi va toʻlanmasligi keltirilgan.
Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganida ushbu DXSH asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bekor qilinishi va qayta tuzilmasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shunga koʻra, Bogʻot tumani Nurli maskan mahallasida faoliyat olib borayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joriy yil aprel oyidan boshlab subsidiya toʻlovlari toʻlab beriladi.



