So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda noqonuniy qum-shagʻal qazilishi ortidan tabiatga 41 mlrddan ortiq zarar yetkazilgan – Ekologiya vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, prokuratura organlari, vazirlikning “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hamda Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib oʻtuvchi Qashqadaryo daryosida reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Reyd davomida daryo qirgʻogʻidagi muhofaza mintaqasida fuqaro F. K. noqonuniy tarzda tabiiy qum mahsulotlarini oʻz ehtiyojlari uchun maʼlum bir haq evaziga qazib olib ketayotganligi aniqlandi. U buning uchun 1 dona “DOOSAN SOLAR 300LC-V” rusumli ekskavator va “KAMAZ” rusumli yuk tashuvchi transport vositasidan foydalangan.
Holat natijasida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 18-moddasi hamda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonunning 18-moddasi talablari buzilgan. Tabiatga esa 19 milliard 433 million 914 ming 337 soʻm zarar yetkazilgan.
Maʼlumot uchun, fuqaro F. K. qum-shagʻal mahsulotlarini noqonuniy tarzda qaziganligi uchun avval ham bir necha marta javobgarlikka tortilgan. Ammo u bundan tegishli xulosa chiqarmagan.
Shuningdek, mazkur hududda fuqaro R. Q. tomonidan 1 dona ekskavator, “CHAKMAN” va “KAMAZ” rusumli yuk mashinasi yordamida tabiiy qum mahsuloti noqonuniy tarzda qazib olinayotganligi aniqlandi. Holat natijasida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 22 milliard 155 million 780 ming soʻmni tashkil qiladi.
Qonun buzilishi yuzasidan MJtKning 291-moddasi “v” bandiga asosan texnika vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni taʼminlash maqsadida tegishli hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.