So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Ekologiya vazirligi va Volontyorlar Assotsiatsiyasi oʻrtasida Memorandum imzolandi
Joriy yilning 11-mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida yoshlarni iqlim masalalari boʻyicha kun tartibiga jalb etish boʻyicha Strategiya taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova, iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro taʼlim platformasi — “Climatescience rahbari Maykl Bekland, senariynavis, «Qahramonlar davri” bolalar kitoblari muallifi Madina Moʻminova, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etgan.
“Barcha Strategiya va dasturlarni ishlab chiqish hamda uni tatbiq qilish jarayonlariga yoshlarni jalb etish faoliyatimizda asosiy oʻrinni egallaydi. Chunki yoshlar oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi boʻlib, ularning gʻayrati, faolligi va ijodkorligi barqaror va yashil kelajakni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi”, — dedi Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov.
Vazirlikning yoshlarga oid strategiyasi uchta ustuvor yoʻnalishni oʻz ichiga olgan: jalb etishning institutsional mexanizmi, ekologik tadbirlar taqvimi va iqlim hamda ekologiya sohasidagi taʼlimni ragʻbatlantirish. Jalb etishning institutsional mexanizmi 75 kishidan iborat Yoshlar kengashini tashkil etish, respublikaning barcha hududlaridan 14 nafar ekologiya elchisini tayinlash va “Kichik qahramonlar” bolalar eko-harakatining ekoqoʻmitalarini tashkil etishni nazarda tutadi. Tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, vazirlik hamkorlar bilan birgalikda joriy yilda “EduCo” festivali, “Clean Games”, “Plogging”, eko-mukofot va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi.
“Yoshlar bilan ishlash” strategiyasida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Ekologiya vazirligi va Oʻzbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi oʻrtasida Memorandum imzolandi.
Ushbu Strategiya “Yoshlar ekologiya elchilari” dasturi kabi loyihalarni oʻz ichiga oladi, ular doirasida Oʻzbekistonning barcha hududlaridan “Open sall” usuli boʻyicha faol yosh yetakchilar tanlab olingan. Bu yetakchilar Ekologiya vazirligi huzuridagi Yoshlar kengashi koʻmagida ekologik muammolarning hududiy xaritalarini ishlab chiqadi.
Tadbir davomida vazirlikning bolalar va yoshlar oʻrtasida ekologik taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli tashabbuslari haqida maʼlumot berildi. Viloyat maktablariga tashkil etilgan xayriya sayohatlari, ekologiyaga oid brayl alifbosidagi kitoblar tarqatilishi ana shunday misollardandir. “Kichik eko-qahramon” tadbirida bolalar ekologik harakatida faol ishtirok etayotgan, ularning tabiatni asrashga qoʻshgan hissasini eʼtirof etgan yoshlar alohida taʼkidlangan. Tadbir davomida “Upcycling.uz”, “Ecojonlab va «Swap Bozor” kabi loyihalar taqdimoti ham oʻtkazilgan.
Maʼlumot uchun, “Upcycling.uz” eski narsalarni ijodiy jihatdan oʻzgartirish, ularni qayta ishlash va bu orqali atrof-muhitni asrashni nazarda tutadi. “Swap Bozor” esa ekologik xabardorlik va masʼuliyatli isteʼmol tamoyillariga asoslangan. Ushbu loyiha nafaqat chiqindilarni kamaytirish va barqaror turmush tarzi, balki ekologik masʼuliyat va hamjihatlikni targʻib qiladi.