So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda ayrim talaba-oʻquvchilar uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi
Oʻzbekistonda ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
- oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
- xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
- professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.