So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shargʻun shahriga hokim tayinlandi
U Sariosiyo tuman hokimining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sariosiyo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari- Shargʻun shahar hokimi lavozimiga Joʻrabek Shaymardonov tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, faoliyati davomida Sariosiyo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi, Uzun tumani hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi koʻp xonadonli uy-joylardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Surxondaryo viloyat hududiy inspeksiyasi boshligʻi, Sariosiyo tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot oʻrnida, Joʻrabek Shaymardonov 1979-yil 30-aprelda Sariosiyo tumanida tugʻilgan. 2002-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi-transport vositalaridan foydalanish.