So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hindistonlik sayyohdan tavsiya: “Taʼtilda qayerga borish va nima qilish kerak?”
Sujata Dogra maqolasida har bir maskanning tarixiga va oʻziga xosligida alohida toʻxtalib oʻtgan.
Oʻzbekistonda qish fasli hukmron. Dekabr oyining yarmi ortda qoldi. Tabiiyki, bunday paytda turli betakror maskanlarga sayohat qilish kishiga oʻzgacha zavq bagʻishlaydi.

Chet ellik sayyoh, bloger, turizm sohasida tadbirkor, dunyoning bir nechta mamlakatlariga sayohat qilib ulgurgan Sujata Dogra aynan dekabr oyida Oʻzbekistonning 7 ta maskaniga borishni tavsiya qilmoqda.
Hindistonlik sayyohning roʻyxatidan Samarqanddagi Registon maydoni, Buxorodagi Chor Minor madrasasi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Toshkentdagi Amir Temur muzeyi, Jizzax va Navoiy hududlarida joylashgan Aydarkoʻl koʻli, Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi hamda Sherdor madrasasi oʻrin olgan.

«Oʻzbekistondagi muhtasham masjidlar, minoralar va oʻrta asrlarga oid islomiy yodgorliklari bilan haqiqiy hayotdagi Aladdin manzarasiga qarang.
Arxitektura moʻjizalari va oʻzaro kesishgan hududlar bu mamlakatning boy madaniy tarixiga koʻz tashlash imkonini beradi va dekabr – bularning barchasini oʻrganish uchun eng qulay vaqt», – deb tavsiya qiladi Dogra.
Taʼkidlash kerakki, Sujata Dogra maqolasida har bir maskanning tarixiga va oʻziga xosligida alohida toʻxtalib oʻtgan. Dogra Oʻzbekistonga koʻp marta tashrif buyurganini va bu unda yuqori taassurot qoldirganini bir necha bor taʼkidlagan.