So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
2024-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori eʼlon qilindi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarorlari qabul qilindi, unga koʻra:
Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) soʻm etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
bugʻdoydan – 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) soʻm;
mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.
Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin boʻladi.
Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.