So`ngi yangiliklar
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Samarqanddagi 40 mingdan ortiq koʻchalar elektron xaritaga kiritilmoqda
“Geografik obyektlarni nomlash toʻgʻrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarga koʻra, geografik obyektlar nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadida davlat reyestri yuritiladi.

Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.
– Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining aʼzosi va ishchi organi sifatida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi ham bu borada zarur chora-tadbirlarni koʻrmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi shuʼba boshligʻi Sh.Poʻlatov.
Xususan, 2023-yil davomida boshqarma va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan viloyatda mavjud 1126 ta mahalladagi 40 ming 484 ta koʻcha elektron xaritalarda aks ettirilib, belgilangan tartibda toifalar (shoxkoʻcha, koʻcha, tor va berk koʻcha)ga ajratib chiqilgan.
Yil yakuniga qadar ushbu koʻchalarning 23759 tasi “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri”ga kiritildi. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tomonidan qolgan koʻchalarga nom berish hamda davlat ekspertizasidan oʻtkazgan holda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan tasdiqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Qonunga koʻra, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart. 2023-yilda viloyat boʻyicha 21 mingdan ortiq geografik obyekt nomi davlat ekspertizasidan oʻtkazish va davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga yuborilgan.



