So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Oʻzbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida beshta eng ilgʻor oʻzgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi
Jahon banki oʻzining “Ayollar, biznes va qonun” yillik hisobotini eʼlon qildi. Unda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yoʻlidagi jahon taraqqiyoti baholanadi.
Hujjat 190 ta davlatda, jumladan, Oʻzbekistonda ayollarning ahvolini 10 ta koʻrsatkich: “xavfsizlik”, “harakatlanish erkinligi”, “bandlik”, “mehnatga haq toʻlash”, “nikoh”, “ota-onalik”, “bolalarni parvarishlash”, “tadbirkorlik”, “mulkni boshqarish” va “pensiya taʼminoti” boʻyicha baholovchi indeksni oʻz ichiga oladi.
“Ayollar, biznes va qonun” hisobotining oxirgi nashri 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davrda mamlakatlar qonunchiligidagi tegishli oʻzgarishlarni baholaydi.
Bu davrda dunyodagi atigi 18 ta davlat yoki indeksda baholangan davlatlarning 10 foizidan kamrogʻi yuqoridagi koʻrsatkichlar doirasida ayollarning mavqeini yaxshilagan huquqiy islohotlarni amalga oshirdi.
Umuman olganda, ushbu 18 ta mamlakat gender tengligiga erishishga qaratilgan 47 ta islohotlarni amalga oshirdi.
Xususan, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta mamlakat, jumladan Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Kipr va Moldovada toʻqqizta shunday islohot amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Iordaniya, Malayziya, Serra-Leone va Togo bilan birgalikda eng katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlat qatoridan joy oldi.
2022-yil oktyabr oyidan buyon mamlakatda xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan toʻrtta muhim huquqiy islohotlar amalga oshirildi.
Ushbu islohotlar, xususan ikkita asosiy koʻrsatkich – “mehnatga haq toʻlash” va “nikoh” doirasida mamlakatning reytingdagi oʻrnini yaxshilashga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Bu Oʻzbekiston reytingining 11,9 punktga koʻtarilishiga olib keldi va mamlakat “Ayollar, biznes va qonun 2024” indeksida maksimal 100 balldan 82,5 ball toʻplagan.
Oʻzbekiston Singapur, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir xil ball toʻpladi, shuningdek Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijalarni koʻrsatdi.