So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekistonda neft-gaz zaxirasi 40 yilga yetadi” — Erkin Nazarov
Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi vakili Erkin Nazarov neft-gaz zahiralari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi vakili Erkin Nazarov neft-gaz zahiralari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
“Yurtimizda 300 ga yaqin neft-gaz konlari mavjud boʻlib, ularning zaxirasi 40 yilga yetishi aniqlangan. Shu bilan birga, uran xomashyosi boʻyicha ham 15 yilga yetadigan zaxira aniqlangan. Hozirgi kunda taxminan 50 mlrd kub atrofidagi gaz borligi aniqlangan”, — deydi Nazarov.
Nazarov bundan keyin ham geologiya qidiruv ishlari amalga oshirish natijasida yana zaxiralar yildan-yilga topilishi mumkinligini taʼkidladi.
“Bu 40 yilda zaxiramiz tugaydi, degan gap emas. Har yili geologiya qidiruv ishlari amalga oshiriladi va neft, gaz, uran va boshqa xomashyolar boʻyicha toʻliq zaxiralar aniqlanib boriladi”, — deya qoʻshimcha qildi qoʻmita vakili.