So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Adliya vazirligi intellektual mulk himoyasi bilan bogʻliq vakolatli davlat organlarini faollikka chaqirdi
Darhaqiqat, vazirlik tomonidan intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni taʼsirchan huquqiy mexanizmlar bilan himoya qilish boʻyicha sezilarli darajada oʻzgarishlar amalga oshirilgan.
2022–2026-yillarda Oʻzbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Unda 2022–2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha 38 ta tadbirni nazarda tutuvchi Yoʻl xaritasi tasdiqlangan. Bu haqda 15-dekabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish jarayonlarini zamonaviy tendensiyalar orqali takomillashtirish” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, yoʻl xaritasiga muvofiq “Faol muallif” reyestri ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Mazkur reyestrda mualliflik huquqi obyektlari va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar haqidagi maʼlumotlar kiritilishi belgilangan.
Shuningdek, “IP Protection” axborot portali ishlab chiqilgan. Ushbu portal orqali intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va tarqatilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tarqatuvchilarga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda idoralararo axborot almashinuvi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Darhaqiqat, vazirlik tomonidan intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni taʼsirchan huquqiy mexanizmlar bilan himoya qilish boʻyicha sezilarli darajada oʻzgarishlar amalga oshirilgan.
Xususan, respublika miqyosida oʻtkazilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligi davomida 2021-2022-yillarda 3000 xildagi kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi aniqlangan. Mazkur huquqbuzarlik holatlari boʻyicha 137 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi, tegishli tashkilotlarga 600 ta ogohnoma va 180 ta taqdimnoma kiritilgan.
Masʼullar tomonidan ishtirokchilarga Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari yuzasidan 2022-yil davomida qoʻllanilgan taʼsir choralar, xususan, profilaktika kuzatuv tadbirlari hamda murojaatlar asosida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 823 ta holatda qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohnomalar, 779 ta holatda qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar, 138 ta holatda maʼmuriy huquqbuzalik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilib, shundan 117 ta shaxsga nisbatan jami 124 mln soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangani haqidagi aniq raqamlar taqdim etilgan.
Maʼlumot uchun, soha boʻyicha huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari ham zamon talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqilgan. Xususan, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun yuridik shaxslarning korporativ javobgarligi belgilandi.
Yuridik shaxslar intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarimaga tortilishi belgilandi.
Yigʻilishda intellektual mulk himoyasi bilan bogʻliq vazifalar tegishli davlat organlarining axborot xizmati xodimlari oʻz faoliyatlari davomida intellektual mulk bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni muntazam ravishda OAV va ijtimoiy tarmoqalar orqali yoritib borish lozimligi taʼkidlandi.
Anjuman yakunida masʼullar vazirlik tomonidan intellektual mulk sohasi boʻyicha xalqaro va milliy ekspertlar muloqot maydonini yaratish maqsadida 2023-yilning may oyida “XXI asrda intellektual mulk” mavzusida xalqaro forumi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, press-turga kelgan mehmonlar departament ish faoliyati, talabnomalarni qabul qilish, intellektual mulk obyektlari uchun patent va guvohnomalar berishgacha boʻlgan ekspertiza tartibi bilan tanishtirilgan. Soʻngra Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish boʻlimlari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi boʻlim ish faoliyatidan xabardor etilgan.