So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryo xalq taʼlimi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Surxondaryo viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Qurbonov Oʻtkir Ibragimovich Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan. U shu kungacha Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi Metodik xizmat boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Maʼlumot oʻrnida, U.Qurbonov 1977-yilda Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1999-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi oʻqituvchisi.
Mehnat faoliyati davomida Oltinsoy tumani 6-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oltinsoy tumani xalq taʼlimi boʻlimi metodika kabineti mudiri, Oltinsoy qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji metodisti, Toshkent shahar Hamza tumani xalq taʼlimi boʻlimi bolalikni muhofaza qilish boʻyicha nazoratchi, Hamza tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudir oʻrinbosari, boʻlimi mudiri, Olmazor tumani 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori, M.Ulugʻbek, Oltinsoy, Uchtepa tumanlari xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan.