Qidirish

00:59 / 2024-01-18 1884 0 Jamiyat

“Odamlar uchadi”: HUMO AIR faoliyatining ilk oyida 314 ta reys bilan 41 787 ta yo‘lovchi tashishga erishdi

O‘zbekistondagi ilk loukoster aviatashuvchi “Humo Air” uchun 2023 yil 15 dekabrdan 2024 yil 15 yanvargacha bo‘lgan davr O‘zbekistonning turli hududlariga uchish jadvalida parvozlarga boy o‘tdi.

world-news

Ta’kidlanishicha, o‘tgan qisqa muddat davomida  “Humo Air” samolyotlarida 41 487 yo‘lovchi o‘z manzillariga yetkazilgan. Loukoster 8 ta yo‘nalishda 314 ta parvozni, jumladan debyut parvozlar va kundalik reyslarni, amalga oshirgan.

Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi o‘zbekistonliklar orasida eng ommabop reyslardan bo‘ldi. O‘zbekiston aholisi va mehmonlari  “Humo Air” orqali Qarshi, Samarqand, Nukus, Termez, Farg‘ona va Buxoroga ham uchmoqda.

“Yaqin kelajakda aviakompaniya 1000 dan ortiq reysni amalga oshirib, 200 mingdan ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. 2024 yilda BAA, Turkiya va Qozog‘istonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilmoqdamiz. 2025 yil oxiriga qadar aviaparkimizni 18 ta samolyotga yetkazamiz”, - deydi kompaniya vakili. 

“Odamlar uchadi” shioriga ega bo‘lgan  mazkur kompaniya O‘zbekiston shaharlariga muntazam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yishi nafaqat ichki yo‘nalishlardagi masofani yaqinlashtirish, yo‘lovchilarga qulayliklar taklif etish, balki, turizmni rivojlantirish, hududlararo ishbilarmonlik faoliyati uchun muqobil sharoit yaratishni asosiy maqsadlaridan biri, deb biladi.

Qayd etilishicha, “Humo Air”ning osmondagi bir oylik sayohati davomida ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish sari parvoz qila olgan.

Ma’lumot o‘rnida, loukoster kichik budjetli aviakompaniya bo‘lib,  u o‘z faoliyati bilan bog‘liq barcha omillarni optimallashtirish orqali arzon narxlarda chiptalarni sotish imkoniyatiga egadir.

Izohlar 0

Fikr bildirish