So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda Avtomobil yoʻllari uchun tayyorlangan Kadastr pasporti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Surxondaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan oʻtgan umum foydalanishdagi Avtomobil yoʻllari xatlovdan oʻtkazildi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda jami 57 916 ta koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Shundan 26 035 ta yakka tartibdagi turar joylar, 7 010 ta koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, 15 455 ta yer uchastkasi hamda 7 038 ta noturar koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Bundan tashqari, Davlat rahbarining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq boshqarma tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga qarashli viloyat hududidan oʻtgan umum foydalanishdagi Avtomobil yoʻllari xatlovdan oʻtkazildi. Tegishli tartibda ushbu Avtomobil yoʻllariga Kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.
“Hozirga qadar Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi 2 ming 843 kilometr Avtomobil yoʻli xatlovdan oʻtkazildi, – deydi viloyat boshqarmasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi A.Xolboyev.
Taʼkidlanishicha, ularga Kadastr pasporti tayyorlanib, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.