So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Qoʻyliq” bozori rekonstruksiya uchun yopiladi
Toshkent shahri hokimligi “Qoʻyliq” bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini maʼlum qildi. Bu vaqtda bozor vaqtincha yopiladi.

Hokimlik rekonstruksiya davrida bozordagi tadbirkorlarga oʻz faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishni taklif qilmoqda.
Toshkentda oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlaridagi sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning sanitariya-gigiyena hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida, bozorlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanmoqda.
Ushbu ishlarning birinchi bosqichida, poytaxtimizning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi boʻlgan Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji (Qoʻyliq) bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanadi.
Bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sigʻmay, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali boʻyida tartibsiz savdo amalga oshirilayotganligi hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yoʻllarining tirbandligiga asosiy sabab boʻlmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar oʻz faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirishlari mumkin.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi doʻkonlar uchun ijara toʻlovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi.
Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qoʻyliq” massividan bozor hududigacha yoʻl kira xaqqi olinmaydigan 10 ta avtobus yoʻnalishga qoʻyilib, jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yoʻnalishlarga chiqish imkoni yaratilgan.
Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlarni Food city va Tashkent Index savdo majmualarida ish bilan taʼminlanadi.
Shu tariqa, bozorlarni tartibga keltirish, koʻchirish yoki rekonstruksiya qilish ishlari poytaxtimiz boʻylab davom etadi va tez orada ular aholi uchun fayzli va obod maskanlarga aylanishiga umid qilamiz, deyiladi hokimlik xabarida.



