So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
EFFECT.UZ EFFEKTI: Zafarobod prokuraturasi 150 dan ortiq fermerlarga klasterlardan qariyb 4 mlrd pul undirdi
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida bir qator fermer xoʻjaligi rahbarlari ikki klasterdan norozi boʻlib, hokimiyatga toʻplanishgan edi. Masʼul xodimlar bilan birgalikdagi oʻrganishlar natijasida fermer xoʻjaliklariga qariyb 4 mlrd pul undirib berilgan. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, vaziyat boʻyicha Zafarobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boʻlimi hodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Oʻrganishlar natijasida Zafarobod tumani “Oxunboboyev” CIU hududidagi “Fatxul fayz” fermer xoʻjaligiga “Jizzax Kenteks” MCHJ 20 mln soʻm, “Zomin-Zafarobod Klaster” MCHJ dan 30 mln soʻm haqdorlik pul mablagʻlari undirib berilgan.
Bundan tashqari Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 150 dan ziyod fermer xoʻjaliklariga “Jizzax Kenteks” MCHJdan 3 mlrd soʻm, “Zomin-Zafarobod Klaster” MCHJ dan 950 mln soʻm xaqdorlik pul mablagʻlari undirilgan.
Tumandagi paxta-gʻallachilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari Zafarobod tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlariga oʻz minnatdorligini bildirgan.



