So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Soxta Bosh prokuratura xodimiga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura “Oʻzbekiston-24” telekanalida efirga uzatilgan videolavhaga eʼtiroz bildirdi.
“Oʻzbekiston-24” telekanalining “Vaziyat-24” koʻrsatuvida Bosh prokuratura xodimi hujjatlarsiz avtomashina boshqarib kelganligi haqida lavha berilgan.
Unda joriy yilning 13-dekabr kuni Chilonzor tumani KXAY – Foziltepa chorrahasida “Spark” rusumli transport vositasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan toʻxtatilib haydovchidan hujjatlar taqdim qilinishi soʻralganida, haydovchi oʻzini Bosh prokuraturaning xodimi sifatida tanishtirib, guvohnoma koʻrsatgan vaqtida guvohnoma xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilganligi koʻrsatilgan.
Shundan soʻng, mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan oʻrganildi.Oʻrganish natijalariga koʻra, haydovchi Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida xizmat qilmacligi va u tomonidan taqdim qilingan guvohnoma qalbaki ekanligi aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlandi.
“Mazkur lavhani tayyorlash va maʼlumotlar taqdim qilishga masʼul boʻlgan matbuot xizmati tomonidan holatga toʻliq oydinlik kiritilmasdan, biryoqlama va noxolis taassurot va tushunchalarga sabab boʻladigan maʼlumot taqdim qilingan.
Bu kabi noxolis maʼlumotlar prokuratura organlari shaʼniga putur yetkazadi hamda jamoatchilikda salbiy fikrlar yuzaga keltiradi.
Shu bois, ommaviy axborot vositalariga taqdim qilinadigan maʼlumotlarni haqqoniyligini tekshirib, soʻngra taqdim qilish maqsadga muvofiq”, — deyiladi xabarda.