So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda pensiya hisoblashda inobatga olinadigan oʻrtacha ish haqi miqdori oshirildi
Pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.
2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki barobariga oshirilishi belgilangan.
Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.
Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming soʻmdan yuqori boʻlgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamgʻarmasiga murojaat etish zaruriyati yoʻq.
Quyidagi telegram botga kirib tayinlangan pensiya miqdori oshganligi toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin: @pensiyauzbot