So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sudoche koʻllar tizimi rasman xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlari nominatsiyasiga kiritildi – Ekologiya vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sudoche koʻllar tizimini Ramsar roʻyxatiga xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlari nominatsiyasiga kiritish boʻyicha rasmiy hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish boʻyicha barcha ishlarni yakunladi. Obyekt roʻyxatga 2522-raqam ostida kiritilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston avvalroq Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan Sudoche koʻllar tizimini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq hududi deb eʼlon qilgandi. Bugungi kunda chegaralari aniqlangan koʻllar Ramsar konvensiyasining 2.1-moddasiga muvofiq rasmiy ravishda Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlar roʻyxatiga kiritilgan.
Ayni paytda respublikadagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlarning umumiy soni toʻrttaga yetdi va bu hududlarning maydoni bugungi kunda 674,4 ming gektarni tashkil etadi.
Taʼkidlash joizki, Konvensiya Kotibiyati xabarida roʻyxatga yangi obyektning kiritilishi Oʻzbekistonning dunyodagi eng muhim suv-botqoq yerlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan Ramsar konvensiyasini amalga oshirishga sodiqligini koʻrsatishi alohida taʼkidlangan.
Hujjatdan maqsad global bioxilma-xillikni saqlash va inson hayotining barqaror rivojlanishi uchun muhim boʻlgan suv-botqoq yerlarning xalqaro tarmogʻini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Maʼlumot uchun, Sudoche 1960-yillarda dunyodagi toʻrtinchi yirik koʻl hisoblangan Orol dengizining kichik qismi boʻlib, joriy yilning may oyida koʻllar tizimi Oʻzbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan Ramsar suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan 4-obyektga aylandi. Roʻyxatga, shuningdek, yurtimizning Dengizkoʻl koʻli (2001), Arnasoy koʻllar tizimi (2008), Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari (2020) kirgan.