So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Afrosiyob” 7 million yoʻlovchi tashish darajasiga yetdi — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ
Bugun, 2023-yil 12-dekabr kuni “Toshkent – Markaziy” temir yoʻl vokzalida “Afrosiyob” poyezdlarida 7 millioninchi yoʻlovchini kutib oldi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan 12 yil mobaynida ushbu “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida tashilgan yoʻlovchilar soni 7 million nafarga yetdi.
Xususan, “Toshkent-markaziy” temir yoʻl vokzalida “Toshkent – Buxoro” yoʻnalishida harakatini amalga oshirgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida yoʻlga chiqqan yoʻlovchilarga “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlangan “7 millionchi yoʻlovchi” estalik sovgʻalari topshirildi.



Eslatib oʻtamiz, 2011-yil Oʻzbekistonga ilk bora Ispaniya davlatida ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari olib kelingan edi. Oʻtgan oʻn ikki yil mobaynida bunday poyezdlar soni 6 taga yetdi.
Hozirgi kunda mazkur poyezdlar “Toshkent – Samarqand – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent” hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yoʻnalishlarida muntazam qatnovini amalga oshirib, har kuni 3 ming nafar yoʻlovchini oʻz manziliga yetkazib qoʻymoqda.