So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Nukus voqealari ortidan 516 kishi ushlangan, 39 kishi hibsda saqlanmoqda — Bosh prokuratura
Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy maʼlumotlar ochiqlandi.

Xabaringiz bor, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalar Bosh prokuraturaga soʻrov kiritgan edi.
Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy maʼlumotlar va tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq holatlar ochiqlandi.
Nukus voqealarini sodir etishda gumonlanuvchi sifatida jami qancha fuqaro hibsga olingan va ularning bugungi kundagi taqdiri qanday?
— Qoraqalpogʻistonda 1—2-iyul kunlari ommaviy tartibsizliklar sodir etilgani holati yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha jami 171 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Ommaviy tartibsizliklar yuzasidan dastlab 516 nafar shaxs ushlangan boʻlib, shundan 5 nafariga nisbatan uy qamogʻi hamda 166 nafariga nisbatan Jinoyat kodeksida koʻzda tutilgan jinoyatlari uchun qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllangan, qolgan huquqbuzarlarga nisbatan esa sud tomonidan maʼmuriy javobgarlik doirasida qamoq jazosi tayinlangan.
Qoraqalpogʻistonda 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha mustaqil komissiyaning, keng jamoatchilikning soʻrovi va kafilligi hamda deputatlik korpusining jamoatchilik nazoratiga olishga ruxsat berish yuzasidan kiritgan iltimosnomalari inobatga olinib, qamoqqa olingan 107 nafar ayblanuvchiga nisbatan qoʻllangan ehtiyot choralari oʻzgartirilib, ularning 10 nafariga uy qamogʻi va 97 nafariga jamoa kafilligi ehtiyot choralari qoʻllangan va qamoqdan ozod qilingan.
Shuningdek, keyingi tergov davomida uy qamogʻida saqlanayotgan 14 nafar ayblanuvchiga nisbatan ham ehtiyot chorasi jamoa kafilligiga oʻzgartirilgan.
Ayni vaqtda jinoyat ishining 22 nafar shaxsga oid boʻlgan qismi (20 nafariga qamoq, 1 nafariga jamoa kafilligi va 1 nafar uy qamogʻi qoʻllangan) ayblov xulosasi bilan tamomlanib, sudga yuborilgan, qolgan ayblanuvchilar va boshqa holatlar yuzasidan jinoyat ishi alohida ish yurituvga ajratilgan.
Hozirda alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanmoqda, ish boʻyicha 39 nafar ayblanuvchi qamoqda saqlanmoqda.



