So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
“Oʻzbekiston 2000-yildan beri Ipak yoʻli sayyohlari uchun sevimli maskanga aylangan, biz mehmondoʻstlik borasida hech kimdan kam emasmiz” – Aziz Abduhakimov
Oʻzbekiston tomoni Dubayda boʻlib oʻtayotgan COP28 xalqaro iqlim konferensiyasi doirasida Yaqin Sharq bilan turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida yangi kelishuvga erishilgani eʼlon qildi.
Dubayda COP28 xalqaro iqlim konferensiyasi doirasida “Oʻzbekistonning turizm salohiyati: barqarorlik, yashil kun tartibi va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik” mavzusida forum boʻlib oʻtgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbir innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish uchun ekspertlar, turizm sohasi vakillari, davlat idoralari va ilmiy hamjamiyatlarni birlashtirish, barqarorlikka, yashil kun tartibiga va Yaqin Sharq mintaqasi bilan hamkorlikni kuchaytirishga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Forumda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Oʻzbekistonning turizm salohiyatini (“UZstainable tourism”) yanada rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.
«Oʻzbekistonda «UZstainable tourism» rivojlanishining bir qismi sifatida uglerod taʼsirini kamaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2022–2030-yillarda Yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasining bir qismi sifatida biz umumiy ishlab chiqarish quvvati 7000 megavattdan ortiq boʻlgan quyosh va shamol stansiyalariga sarmoya kiritdik. Oxirgi besh yilda chiqindilarni qayta ishlash quvvatini 20 foizga oshirdik. 2030-yilgacha qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va utilizatsiya qilish darajasini 100 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz, — dedi Abduhakimov.
Vazir barqaror yashil turizmga erishish uchun Yaqin Sharq davlatlarining tajribasi juda muhim ekanligini qayd etgan. U Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi doʻstlik va sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashini, tariximiz, madaniy merosimiz, qadriyatlarimizda umumiy aloqalar mavjudligini taʼkidlagan.
«Oʻzbekiston 2000-yildan beri Ipak yoʻli sayyohlari uchun sevimli maskanga aylanib kelmoqda, biz mehmondoʻstlik borasida hech kimdan kam emasmiz. Qolaversa, bizda 8000 dan ortiq madaniy meros obidalari mavjud boʻlib, ularni YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda asrab-avaylash ishlari olib borilmoqda. Bu hamkorlik 2025-yilda Samarqand YUNESKO Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilganida yanada rivojlanadi. Mazkur tadbir 40 yil ichida birinchi marta Parijdan tashqarida oʻtkaziladi, — dedi Aziz Abduhakimov.
Forum davomida barqaror turizmning global tendensiyalari tahlili, turizmning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, turizm sanoatida ekologik barqarorlikni oshirishning innovatsion usullari, Oʻzbekistonda barqaror turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga eʼtibor qaratilgan.
Bundan tashqari, forumda Oʻzbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda turizmning oʻrni muhim ekanligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, oʻzaro hamkorlik qilishda infratuzilma va sarmoyaning oʻrni, mintaqadan sayyohlarni jalb qilish boʻyicha marketing strategiyalari, turistik yoʻnalishlarni yaratishda innovatsion yondashuvlar lozim ekanligi qayd etilgan.
Forum yakunida yangi turistik yoʻnalishlarni yaratish va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishuvga erishilgan.