So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Rossiyaning ayrim hududlaridan Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berildi
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinadi.

Davlat komissiyasining bayonlari bilan ayrim hududlardan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini mamlkatdagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, quyidagi hududlarda oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalar oʻqishini koʻchirish imkoniyatiga ega:
• komissiyaning 7-son bayoni bilan – Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
• 8-son bayoni bilan – Qrim va Sevastopol hududlari.
Xabar qilinishicha, oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinadi. Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
“Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabul qilinib, barcha maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etilgan”, — deyiladi xabarda.



