So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
“Oʻzbekiston hukumati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida iqlim masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilagan” – Aziz Abduhakimov
BAAda boʻlib oʻtayotgan xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BAA Xalqaro bio-tuzli qishloq xoʻjaligi markazi (ICBA) bosh direktori Dr. Tarifa Al Zaabi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumot uchun, Tarifa Al Zaabi oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv, innovatsiyalar, tadqiqot va salohiyatni rivojlantirish orqali xizmatlar va strategiyalarni ishlab chiqishda katta tajribaga ega. Agrotexnologiyalar sektorini oʻzgartirish va ichki oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan qator xalqaro tadbirlarda doimiy faol. 2020-yildan BAA Xalqaro bio-shoʻr qishloq xoʻjaligi markazi (ICBA) bosh direktori.
Taʼkidlanishicha, “Dubai Expo”dagi “Oʻzbekiston” pavilyonida boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Oʻzbekiston hukumati Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida iqlim masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ekologik muammolarning ilmiy, innovatsion, «yashil” yechimlarini topishga katta ahamiyat qaratganmiz. Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi tashkil etilgani fikrimizning yorqin isbotidir. BAA Xalqaro bio-shoʻr qishloq xoʻjaligi markazi bilan hamkorlik esa oʻzaro tajriba almashish, ekologik muammolarni hal qilishda innovatsion usullarni samarali qoʻllash va birgalikda turli istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi», — dedi Aziz Abduhakimov.
Uchrashuvda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi negizida Gen-bankini tashkil etish, Oʻzbekistonning qurgʻoqchil iqlimi va Orol dengizi havzasida yetishtirilishi mumkin boʻlgan qurgʻoqchilik va suv inqiroziga chidamli ekin turlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, Orolboʻyida fermerlarni oʻqitish borasida suv xoʻjaligini joriy etish boʻyicha issiqxona tashkil etishga qaratilgan qoʻshma tajriba loyihasini ishga tushirish kabi masalalar muhokama qilingan.
Shuningdek, Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi xodimlari uchun treninglar oʻtkazish, yerlarni saqlash va tiklash, choʻllanishga qarshi kurashish, ilmiy-tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali hamkorlik qilishga ham eʼtibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida Aziz Abduhakimov Tarifa Al Zaabini hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish va diqqatga sazovor obyektlarni koʻzdan kechirish uchun Oʻzbekistonga taklif qilgan.