So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yandex Go Oʻzbekistonda soliq rezidentiga aylandi
Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekiston hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MCHJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kundan boshlab YandexGo xizmati oʻz hisob-kitoblarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni toʻlaydi. Ridetech International B.V Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qilgan.
Shu bilan birga, YandexGo xizmatini fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash boʻyicha ishlar yakunlangan.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini koʻrsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi koʻrib chiqilmoqda.