So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bloger Olimjon Haydarovga hukm oʻqildi
Bloger Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ikkita moddasi boʻyicha aybdor deb topildi.
Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi oʻqildi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot kotibi.
Maʼlum boʻlishicha, bugun jinoyat ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik harakatlari boʻyicha bloger Olimjon Haydarovga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huqubuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi.
Sudning qarori bilan Haydarov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yuqorida koʻrsatilgan moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga mazkur kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 000 000 soʻm) miqdorida jarima solindi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Olimjon Haydarov va Komil Ahmedovga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi qoʻllanilgan edi. Lekin keyinchalik Haydarov ozodlikka chiqarilgan edi.