So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda 500 mlndan ortiq elektr energiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti hamda “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbirda Namangan shahridagi tikuvchilik faoliyatiga ixtisoslashgan MCHJga qarashli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Unda MCHJ masʼullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 mln. 897 ming soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Namangan shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlanish shahobchasi binosida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi yuzasidan tekshirish ishlari olib borildi. Natijada, mazkur binoda tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga ulanib, hisoblagich koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida unga tashqi aralashish yoʻli bilan taʼsir oʻtkazib, qonunga hilof ravishda 113 mln. 741 ming soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilinganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.