So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Napoleon Bonapartning “ikki shoxli” shlyapasi auksionda 1,9 mln yevroga sotildi
Fransiya imperiyasini 19 asrda boshqargan Napoleon Bonapartning shlyapasi Parijdagi kimoshdi savdosida 1,9 million yevroga (taxminan 2,1 million dollar) sotildi.
Fransiya imperatorining qora qunduz kigizidan tikilgan ikki shoxli shlyapa (“ikki burchakli” yoki “ikki shoxli” deb ataladi) dastlab 600-800 ming yevroga baholangan.
Tarixchilarning taʼkidlashicha, shlyapa Napoleonning brendining bir qismi boʻlgan. Yaʼni unda hammasi boʻlib 120 ga yaqin ikki burchakli shlyapalar boʻlgan. Afsuski bu shlyapadan hozirgacha bor yoʻgʻi 20 ta namuna qolgan, ularning koʻpchiligi shaxsiy kolleksiyalarda.

Auksioner Jan-Per Osena ushbu shlyapa haqida shunday dedi:
“Odamlar bu shlyapani har doim va hamma joyda tanigan. Ular uni jang maydonlarida koʻrganlarida, bu Napoleon ekanligini bilishgan. Bu shlyapa — imperatorning ramzi edi”, - deydi Osena.
Auksionchilarning aytishicha, shlyapa shu kungacha juda yaxshi holatda yetib kelgan, yaʼni bu bosh kiyim 9 asr davomida Napoleon saroyining xizmatchisi oilasida saqlangan.