So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijondagi uy-joy qurilishi aholi noroziligi sabab viloyat hokimi topshirigʻiga asosan toʻxtatildi
Andijon shahridagi 3-kichik dahada xususiy MCHJ tomonidan boshlangan uy-joy qurilishi, aholi noroziligiga sabab boʻlgan.
Viloyat hokimligining bildirishicha, ushbu qurilish jarayonida ichimlik suvi taʼminotining asosiy quvurlaridan biriga zarar yetkazilib, yuzlab aholi xonadonlari suv taʼminotidan uzilib qolgan.
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov koʻrsatmasiga asosan, nosozlikni bartaraf etish uchun keng tartibdagi ish jarayoni tashkil etilgan va qurilish jarayoni yaqindan oʻrganilgan.
Unda bir nechta holatlar boʻyicha xatoliklar aniqlanib, jumladan, tegishli qarorga toʻliq rioya etilmagani, maydon uy-joy qurish uchun ajratilmagani, kadastr roʻyhatidan oʻtkazishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani, eng asosiysi, mahalliy aholiga ushbu qurilish noqulaylik tugʻdirayotgani sababli, qurilish jarayoni toʻxtatilgan.
Qurilishga ruhsat berish jarayonida xatolikka yoʻl qoʻyganliklarini viloyat hokimi oʻrinbosarlari aholiga uzr soʻragan holda maʼlum qilib, buni tuzatish choralari darhol koʻrilishi boshlandi.
Aholi vakillari mazkur hulosadan toʻliq rozi ekanliklarini bildirgan holda, viloyat rahbari tomonidan amalga oshirilayotan harakatlarni qoʻllab-quvvatlagan.