So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shuhrat Sattorov lavozimidan boʻshatildi
Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Sattorovning lavozimdan ozod qilinish sabablari hozircha jamoatchilikka nomaʼlum.
Shuhrat Sattorov avvalroq sobiq xalq taʼlimi vazirligi huzurida boʻlgan Respublika taʼlim markaziga 2020-yilning fevral oyida vazir buyrugʻi bilan tayinlangan edi, u bungacha markazda direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Maʼlumot uchun, Shuhrat Sattorov 1985-yilda tugʻilgan boʻlib, 2004-2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008-2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
2018-2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yoʻnalishini tamomlagan.