So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda birinchilardan boʻlib, Oʻzbekistondagi Kichik biznesga koʻmaklashish markazi ochildi
Prezidentning “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Surxondaryo viloyatida “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” faoliyat boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, markaz kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni oʻqitish, moliyalashtirish, axborot bilan taʼminlash, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bogʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatish kabi tadbirkorlarni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov mutasaddilar va faollar bilan markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, masʼullarga markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlarning eng yaqin koʻmakchisiga aylantirish yuzasidan vazifalar yuklagan.

Qoʻshimcha qilinishicha, kelgusi, 2024-yilda markaz tomonidan mikro biznesni qoʻllab quvvatlash orqali 1 200 ta subyektni kichik va oʻrta biznesga oʻtkazish, 1300 nafar tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, 450 nafar tadbirkorning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish ishlari amalga oshiriladi.
