So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston Xitoy bilan choʻllanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi birga kurashmoqchi
Samarqandda BMTning choʻllanish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Xitoy Xalq Respublikasining qum boʻronlari va choʻllarni nazorat qilish boʻyicha milliy kengashi raisi An Fendzi bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Taʼkidlanishicha, uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi boʻyicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va Oʻzbekistonning chang va qum boʻronlari xavfi yuqori boʻlgan hududlarida qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Maʼlumot uchun, Xitoy Xalq Respublikasining qum boʻronlari va choʻllarni nazorat qilish boʻyicha milliy kengashi Xitoyda choʻllanishning oldini olish boʻyicha yagona jamiyat boʻlib, 1992-yilda tuzilgan. Faxriy rais – Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qoʻmitasi raisining sobiq oʻrinbosari Syu Szyalu. Jamiyat yaratish toʻgʻrisidagi qaror 1950-yilda Xitoyning gʻarbiy qismida kuchli qum-chang boʻronlari sodir boʻlganidan keyin paydo boʻlgan.
Kengash milliy darajadagi akademik, jamoat va notijorat tashkilotdir. Uning tarkibiga choʻllanishga qarshi kurash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, olimlar, tadbirkorlar kiradi.
Yigʻilishda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan choʻllanish va qum boʻronlariga qarshi kurashish strategiyasi qabul qilingani, unda fermerlar va xususiy sektor uchun yaylovlarni subsidiyalash, shaxsiy yaylovlarni taqiqlash nazarda tutilgani, chorva mollarini koʻpaytirish va jamoaviy chorvachilikni yaratish (sovxozlarni tashkil etish), shuningdek, ilgari haydalgan yer uchastkalarida oʻrmon va oʻt qoplamini tiklash taʼkidlandi.

Vazir Aziz Abduhakimov Xitoy tomonini Oʻzbekistonning janubiy qismida chang va qum boʻronlari tahdidlarining kuchayishi va boshqa hududlarda ham jadalligi hamda milliy tashabbus doirasida bu ekologik muammoga qarshi kurash boʻyicha nazorat choralaridan biri — “Yashil makon” va uning respublikada amalga oshirilishining borishi haqida batafsil maʼlumot berdi. Vazir, shuningdek, jamiyat yer va umuman tabiat bilan munosabatlarini qayta koʻrib chiqish zarurligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Ekologiya vazirligi va jamiyat oʻrtasida choʻllanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-amaliy hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum ishlab chiqish va imzolash orqali tez orada yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati