So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi start oldi

15-noyabr kuni Toshkentda “Ipak yoʻlida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Ushbu tadbir “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasi pavilyonida boʻlib oʻtdi.
Mazkur yarmarka doirasida 20 ta xorijiy davlat ishtirok etayotgan sayyohlik koʻrgazmasi, taniqli oshpazlar ishtirokidagi gastro-bozor, turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirokidagi forum, shuningdek turli mamlakatlarning xususiy kompaniyalari vakillarining B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlumot uchun, TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Har yili koʻrgazma butun dunyodan sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini oʻzida jamlaydi va ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun platforma vazifasini bajarib kelmoqda.
Shuningdek, Malayziya elchixonasining Turizm boʻlimi ham Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etmoqda. Effect.uz jurnalistlari Turizm departamenti direktori janob Nor Shazli Bin Azmi eksklyuziv intervyu olishdi.
Jurnalist: Men Malayziya bormoqchiman. Siz menga u yerning koʻzga koʻringan joylari haqida gapirib bera olasizmi?
Nor Shazli Bin Azmi: Malayziya kelayotganingizda birinchi boradigan joyingiz bu Kuala-Lampur boʻladi. U yer juda ham boy hamda turistlar uchun juda ham qulay shahar hisoblanadi. Turistlar uchun legolandlar, shoppinglar,parklar, attraksionlarimiz bor. Choʻmilishingiz uchun plyajlarimiz, orollarimiz bor.
Jurnalist: Oʻzbekistondan Malayziyaga borayotgan sayyohlar soni qancha?
Nor Shazli Bin Azmi: 2022-yilda Oʻzbekistondan Malayziyaga 4,5 ming sayyohga yaqin sayyoh tashrif buyurishgan. Joriy yil esa biz bu koʻrsatkichni 16 mingga yetkazmoqchimiz.
Jurnalist: Sayyohlarni jalb qilish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
Nor Shazli Bin Azmi: Biz shunaqa loyiha ishlab chiqdikki, endilikda oʻzbekistonliklar Malayziya toʻgʻridan-toʻgʻri uchishlari mumkin. Bu sayyohlar uchun ancha qulaylik yaratadi. Shuningdek, biz hamkorlarimiz bilan kelishgan holda qish oylarida koʻplab oʻzbekistonliklarni jalb qilmoqchimisiz. Sababi, qishda bizning yurtimizda iqlim ancha iliq boʻladi va plyajlarimizda mazza qilib dam olishlari mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Malayziya 2023-yil oxirigacha 16,1 million xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakat Visit Malaysia Year 2026 ga tayyorgarlik koʻrmoqda va 23,5 million xalqaro sayyohni jalb qilishni rejalashtirmoqda



