So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
IHT vakili CRIC-21 doirasida qum va chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
Samarqanddagi BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Aziz Abduhakimov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi o‘rinbosari Husayn Avni Bichakli bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Husayn Bichakli O‘zbekiston hukumatiga joriy yilning 8–9-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani uchun minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, u oxirgi 5 yil ichida O‘zbekistonning faol rolini alohida qayd etgan.
Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik masalalari, xususan, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) negizida IHT davlatlarining ekologiya sohasidagi ilmiy hamjamiyatlari oʻrtasida yaqin aloqalarni oʻrnatish masalalariga e'tibor qaratilgan.
Shu bilan birga, tomonlar “Green University” va IHT davlatlarining Boku shahridagi (Ozarbayjon) Toza energiya markazi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror energiya va atrof-muhit tamoyillarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.
IHT Bosh kotibi oʻrinbosari Oʻzbekiston bilan IHT mamlakatlari oʻrtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik rivojlanib borayotganligini, shu bilan birga, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilishda IHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi haqidagi tashabbusi hamda 2024-yilda boʻlib oʻtadigan Samarqand iqlim forumi doirasida Oʻzbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan IHTning Atrof-muhit masalalari boʻyicha yuqori darajali platformasining birinchi konferensiyasini oʻtkazish taklifini ma’qullagan.
Bundan tashqari, Husayn Avni Bichakli tashkilot Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan IHT 16-sammitida ilgari surilgan CRIC-21 doirasida qum va chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini ishlab chiqish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidlagan.
Uchrashuv yakunida IHT Bosh kotibining Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi va IHT davlatlarining yuqori darajadagi vakillari ishtiroki masalasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishilgan.



