So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda ma'naviyat marafoni o’tkazildi
Mazkur marafon “Biz bir bo‘lsak—yagona xalqmiz, birlashsak—vatanmiz” shiori ostida tashkil etildi.
Ma'naviyat va ma'rifat maskani binosida “Biz bir bo‘lsak—yagona xalqmiz, birlashsak—vatanmiz” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Samarqand viloyati Payariq tumanida bugungi kunda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan maktab o‘quvchilarining uchrashuvi hamda “Ma’naviy ekskursiya” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ijodkor jurnalist Jibak Ahadova hamda bolalar shoiri Turg‘unboy Hasanov, Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi tuman bo‘limi xodimi Uchqun Hamidovlar ishtirok etishdi.
Jibak Ahadova ishtirokchilarga ijodkor bo‘lish uchun kitobxonlikning ahamiyatini to‘liq tahlil qilib tushuntirdi. Bugungi kunda tumanda ijod qilayotgan ijodkorlarning ijod yo‘li to‘g‘risida keng tushunchalar berdi. Suhbat chog‘ida ayni paytda maktablarda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng, Turg‘unboy Hasanov bolalar she’riyatining tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini bolalarga ulashdi. Shuningdek, bolalarga atalgan “Tulkining tushi”, “Nabining etigi”, “Dangasa” kabi qiziqarli she’rlaridan namunalar o‘qidi.
Axborot kutubxona markazi, axborot bibliografiya xizmati rahbari bugungi kunda kutubxonada saqlanayotgan o‘n mingdan ziyodroq kitoblardan unumli foydalanishga chaqirdi. Kutubxonada o‘tkazilayotgan ijodkorlar bilan uchrashuvlarni yanada ko‘paytirishning foydaliligini alohida ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi tuman bo‘limi xodimi Uchqun Hamidov ijodkorlarga va tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Saydulla Rashidov
Parizoda Keldiboyeva