So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda chorva va parranda goʻshti ishlab chiqarishga 230 milliard soʻm subsidiya ajratiladi
Bugun, 9-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish oʻrni va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda parrandachilikda ozuqa masalasi mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani taʼkidlangan.
Narx barqarorligini taʼminlash maqsadida yil yakuniga qadar chorva va parranda goʻshti ishlab chiqarishga byudjetdan 230 milliard soʻm subsidiya ajratiladi, don mahsulotlarini saqlash uchun 8 ta yirik omborxona tashkil etiladi.

Parrandachilikni kengroq kreditlash muhim. Oʻzbekistonda birinchi tartibli parranda naslining ota-onalik liniyasi yoʻqligi bois, yiliga 3 million bosh joʻja import qilinmoqda. Shu munosabat bilan birinchi tartibli ota-onalik sof liniyasini olib kelish choralarini koʻrish topshirildi.