So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda ayrim koʻchalar 3 kunga yopiladi
8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning ayrim koʻchalarida harakatlanish cheklanadi.
Qayd etilishicha, yoʻllar yopilishi 8−9-noyabr kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammitini yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq.
Xususan, quyidagi koʻchalarda harakatlanish cheklanadi:
- Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur koʻchasi boʻylab Bobur — Shota Rustaveli chorrahasigacha;
- Nukus — Bobur chorrahasidan Nukus koʻchasi boʻylab Movarounnahr koʻchasigacha;
- Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor koʻchalari;
- Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab Kichik halqa aylanma yoʻligacha;
- Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
- Furqat — Beshyogʻoch chorrahasidan Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov — Beshyogʻoch chorrahasigacha;
- Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor koʻchasi boʻylab Navoiy koʻchasigacha.

Xabarga koʻra, harakatlanish cheklangan koʻchalarda tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.