So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Energetika vaziri mamlakatda yoqilgʻi defitsiti yoʻqligini taʼkidladi
Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekistonda benzin defitsiti yoʻqligini maʼlum qildi. Bu haqda u Samarqandda Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumida maʼlum qildi, deya xabar beradi “spot.uz”.
Vazir joriy yilda Oʻzbekistonga 1 mln tonna neft va neft mahsulotlari import qilingani va bu oʻtgan yilga nisbatan bir oz koʻp ekanligini aytdi. Kelgusida mamlakat oʻsib borayotgan iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun neft importini oshirishni rejalashtirmoqda.
“Ha, biz buni yaqinda [Rossiyaga] tashrifimiz doirasida imzolaganmiz. Hajmlar yoʻq, eng muhim tamoyil — yetkazib berish masalasi”, — degan vazir Rossiya bilan neft yetkazib berish boʻyicha hukumatlararo bitim imzolanishiga izoh berib. “Asosiysi, yetkazib berishda hech qanday cheklovlar yoʻq”, deya qoʻshimcha qildi u.
Energetika vazirligi rahbarining taʼkidlashicha, 21-sentyabrdan Rossiya tomonidan benzin va dizel yoqilgʻisi eksportiga kiritilgan cheklovlar Oʻzbekistonga yetkazib berishga taʼsir qilmaganligini, bu davlatlar oʻrtasida hukumatlararo kelishuv tuzilgani bilan izohlangan.
Bundan tashqari, Mirzamahmudov Raqobat qoʻmitasi tomonidan birjada AI-80 benzinini sotib olish limiti oshirilganiga izoh berib, mamlakatda yoqilgʻi defitsiti yoʻqligini taʼkidladi.
“Cheklov narxlarni manipulyatsiya qilishning oldini olish uchun kiritildi. Bu aholining arzon benzinga ega boʻlishini taʼminlash uchun qilingan. Bu [import] hajmiga bogʻliq emas. Defitsit yoʻq”, — deya xulosa qildi vazir.