So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
“Oʻzbekiston va Xitoy tabiat durdonalari”: Toshkentda “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlab koʻrgazma ochildi
Joriy yilning 28-oktyabr kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” Oʻzbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi koʻrgazmasi ochildi.
Mazkur tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Badiiy akademiya, Davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Xitoyning Oʻzbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi, “Trans-Asia Gas Pipeline Company Limited” kompaniyasi va “Shanxay qurilish guruhi” hamkorligida tashkil etilgan tadbirda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, respublika vazirlik va idoralari vakillari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, tadbirkorlar, sanʼat arboblari, Xitoy va Oʻzbekiston sanʼat kollejlari va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va talabalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etishdi.
“Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida barcha sohalarda samarali hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, aynan Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ulkan xalqaro platforma hisoblangan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzbek-xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga hissa qoʻshib kelmoqda.
Bugun oʻz ishini boshlagan “Oʻzbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” koʻrgazmasi ikki davlat madaniyatlari oʻrtasidagi hamohanglikni aks ettiradi. Qolaversa, oʻzbek va xitoy rassomlari uchun oʻzaro tajriba almashish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir”, — dedi Aziz Abduhakimov
“Oʻzbekiston va Xitoy davlatlari Butunjahon turizm tashkiloti faoliyatida muhim oʻrin egallaydi. Xususan, UNWTO Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi Oʻzbekistonda, Samarqandda oʻtkazildi.
Ikki davlat oʻrtasida turizm sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani quvonarli holat, albatta. Bugungi koʻrgazma esa oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi yana bir muhim qadamdir”, - dedi BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili.
Tadbirda, shuningdek, “Makon va yoʻl: Ipak yoʻli” madaniy sayohati tashkiliy qoʻmitasi Bosh kotibi, Xitoy assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi ijrochi vakili hamda bir qator iqtidorli rassomlar, ijodkorlarga “Tabiat fidoiysi” koʻkrak nishonlari topshirildi.
Koʻrgazmada oʻzbek va xitoy rassomlarining Oʻzbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
Maʼlumot uchun, koʻrgazmani joriy yilning sentabr oyida oʻtkazish uchun ikki davlatning tajribali rassomlarining pleneri tashkil etildi.20-sentabrdan 5-oktabrgacha 20 nafar xitoylik rassom Oʻzbekiston tabiati va anʼanalarini aks ettiruvchi asarlar yaratishdi. Plener davomida ijodkorlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida boʻldi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekistondan 20 nafar rassom Xitoy tabiati, anʼanalari va diqqatga sazovor joylarini aks ettirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga bordi.
Yaratilgan sanʼat asarlari Oʻzbekiston va Xitoyning nufuzli muzeylari va koʻrgazma zallarida namoyish etiladi. Shuningdek, homiylar va sanʼat ixlosmandlarining sanʼat asarlarini oʻzlashtirishi uchun sharoit yaratish koʻzda tutilgan.
Plenerlar yakunida Xitoy rassomlarining 80 ta surati orasidan noyob ijodiy ishlar koʻrgazma uchun tanlab olindi. Koʻrgazmada namoyish etiladigan rasmlarning bir qismi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamgʻarmasiga sovgʻa qilinadi.
Barcha ijodkorlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining sertifikatlari bilan taqdirlanadi. Koʻrgazma yakunida, 1-noyabr kuni oʻzbek rassomlari tomonidan yaratilgan kartinalarning bir qismi Xitoy hukumatiga topshiriladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur loyiha samarasi oʻlaroq turizm va ekologiyani yangi bosqichga koʻtarishda badiiy sanʼatning ahamiyati alohida taʼkidlanib, ikki davlat ijodkorlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ikki mamlakatning betakror tabiati, diqqatga sazovor joylari rassomlar suratlarida aks etishi ikki xalqning asrlar osha oʻz kuchini yoʻqotmagan anʼanaviy qadriyatidir.
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda sanʼatning turli yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha oʻzaro manfaatli loyihalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, bunday keng koʻlamli aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun muhim vazifa hisoblanadi.