Qidirish

13:50 / 2023-10-26 998 0 Jamiyat

"Sentob"ning eng yaxshi turizm qishlog'iga aylanishi Prezidentning sohaga bo‘lgan yuksak e'tibori samarasidir” — Aziz Abduhakimov

Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida "Best Tourism Villages 2023 Awards" (2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'i) nominatsiyasi bo'yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyatining "Sentob" qishlog'i g'olib bo'ldi.

world-news

“Oʻzbekiston Prezidentining turizm sektori va, eng avvalo, aholi turmush farovonligiga boʻlgan eʼtibori va tashabbuslari natijasida bugun yurtimiz qishloqlarini butun dunyo tan olmoqda. Navoiy viloyatidagi “Sentob” qishlogʻining "Eng yaxshi turizm qishlog‘i" nominatsiyasidagi gʻolibligi, shubhasiz, mana shu islohotlar samarasidir!”, — dedi UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston hukumati Tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili esa turizm qishloqlarining ahamiyatini alohida ta'kidladi. 

"Eng yaxshi turizm qishloqlari” nominatsiyasi qishloqlardagi hayotni yanada yaxshilash borasidagi ishlarimizning debochasi, xolos. Biz turizmni qishloq hayoti taraqqiyotining drayveriga aylantirishni maqsad qilganmiz”, — dedi Z. Pololikashvili.

Ma'lumot uchun, "Sentob"ga 2023-yilning 17-mart kuni rasman turizm qishlog'i maqomi berilgan. Qishloqda muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Ta'kidlash joizki, eng yaxshi turizm qishlog'i bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatiga O‘zbekistonning jami 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi "Konigil", Navoiy viloyatidagi "Sentob", Surxondaryo viloyatidagi "Sangardak", Jizzax viloyatidagi "Uxum" va Farg'ona viloyatidagi "Avval" turizm qishloqlari kiritilgandi.

UNWTO aʼzo mamlakatlar qishloqlari oʻtgan yillardagidek toʻqqizta asosiy yoʻnalish boʻyicha baholandi: “Madaniy va tabiiy resurslar”, “Madaniy resurslarni targʻib qilish va saqlash”, “Iqtisodiy barqarorlik”, “Ijtimoiy barqarorlik”, “Ekologik barqarorlik”, "Turizmni rivojlantirish va qiymat zanjiri integratsiyasi", “Turizmni boshqarish va ustuvorlik”, “Infratuzilma va kommunikatsiyalar”, “Sog‘liqni saqlash va xavfsizlik”.

Nominatsiyalar g‘oliblarining toʻliq roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: "Best Tourism Villages 2023 Awards" nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021-yilda ta'sis etilgan. Asosiy maqsad nafaqat rivojlangan hududlarga, balki o‘z qadriyatlarini saqlagan va an’analarini targ‘ib qilayotgan qishloqlarga ham sayyohlar e’tiborini jalb qilishdir. Marosim bu yil uchinchi bor o‘tkazildi.

Izohlar 0

Fikr bildirish