So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Issiqxonalar masalasiga oydinlik kiritildi
Aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi, deya xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Taʼkidlanishicha, 18-oktyabr kuni vazirlikda qator mutasaddi tashkilotlar ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari muhokama etilgan.

Qishloq xoʻjaligi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xoʻjaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish ishlarini boshlagan. Bu borada dastlabki shartnomalar imzolangan.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, “Hududgaztaʼminot” AJ masʼullari hamda issiqxona yurituvchi tadbirkorlar vakillari ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, gazning tadbirkorlik subyekti vakillariga yetkazish tannarxi 1 kubi uchun 1.500 soʻmni tashkil qiladi. Tadbirkor raqamli oʻlchov hisoblagich, zahira yoqilgʻi hamda oldindan boʻnak toʻlovini amalga oshirishi, uning issiqxonasida zangori olovning yonishiga zamin yaratadi.