So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekistonda yangi komissiya tashkil etiladi: U koʻchmas mulkka oid nizolarni sudgacha hal qilishi mumkin
Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal etish maqsadida komissiyalar tashkil etilmoqda. Bu haqda Kadastr agentligi direktor oʻrinbosari Mirsaid Mirmaqsudov, Agentlik boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Zafar Rahimov, Davlat kadastrlari palatasi boshqarma boshligʻi Sanjar Abdurazzoqov ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxati sohasidagi munosabatlarini tartibga solish va bu bilan mulkdorlarning huquqlarini davlat tomonidan kafolatlash va himoya qilishni qonun darajasida amalga oshirishdan iborat boʻlib, unda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasiga oid asosiy tushunchalar, vakolatli organlar, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, maʼlumotlarni taqdim etish tartibi, huquq belgilovchi hujjatlar va xususiyatlari, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar maqomi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etish, nizolarni sudgacha hal etish, javobgarlik mezonlari yoritilgan.
Mazkur qonun 10 ta bob, 74 ta moddadan iborat boʻlib, qonunda quyidagilar koʻzda tutilgan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi mavjud tartibotlar, huquqni belgilovchi hujjatlar, jarayonlarning xususiyatlari umumlashtirilib, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestri, roʻyxatdan oʻtkazish ishini va biznes jarayonlarni elektron shaklda axborot tizimlari orqali yuritishga urgʻu bergan holda, yagona toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi normalar shakliga keltirilgan.
Qonun 1) yer uchastkalari, 2) binolar, inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar, 3) koʻp yillik dov-daraxtlar hamda 4) mulkiy kompleks sifatida butun korxonalarga nisbatan qoʻllanilib, yer qaʼriga nisbatan tatbiq etilmaydi. (1-modda)
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning asosiy prinsiplari: 1) qonuniylik;
2) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning majburiyligi; 3) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning ustuvorligi; 4) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi; 5) taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.(4-modda)
Ushbu prinsiplardan kelib chiqib, Davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan huquq va cheklovlarning aniq roʻyxati belgilanmoqda. (10-modda) mulk huquqi; doimiy egalik qilish huquqi; doimiy foydalanish huquqi; meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi; ijara huquqi; ikkilamchi ijara huquqi; xoʻjalik yuritish huquqi; operativ boshqarish huquqi; koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi; bepul foydalanish huquqi; renta; ipoteka; servitut.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yuzaga kelgan nizolarni sudgacha hal etish maqsadida komissiya va Apellyatsiya komissiyalari tashkil etilmoqda. Ushbu komissiyalar roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilishi mumkin boʻladi. (12-modda)
Alohida 5-bob bilan reyestrni elektron shaklda davlat tilida yuritish, unga kiritiladigan maʼlumotlar, reyestrning saqlanishi, reyestrga kiritiladigan tuzatishlar, reyestrdan maʼlumotlarni va koʻchirmani berish belgilanadi. (23–29-moddalar)
Bir qator qonun hujjatlaridagi tegishli normalarni tizimlashtirish maqsadida koʻchmas mulkka boʻlgan har bir huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladigan 60 dan ziyod huquq belgilovchi hujjatlarning aniq roʻyxati koʻrsatilmoqda.
Bugungi kundagi yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi munosabati bilan xususiylashtirilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi alohida 33-moddada belgilanmoqda. Bunda yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini tasarruf qilishning turli holatlari, jumladan, sotish, hadya qilish, meros, ustav fondiga kiritish, ustav fondidagi ulushini qaytarib berish mumkin boʻladi. Qonun 2023-yil 1-martdan kuchga kiradi.