So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiy hokimi qatagʻon qurbonlari oila aʼzolarining holidan xabar oldi
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga borgandan soʻng qatagʻon qurbonlari oila aʼzolarining holidan xabar oldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Maʼlumki, 31avgust - Oʻzbekistonda Qatagʻon qurbonlari xotirasi kuni sifatida belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan viloyat hokimi Normat Tursunov viloyat Qatagʻon qurbonlari xotira muzeyiga borgan.

Taʼkidlanishicha, muzeydagi eksponatlar, xususan qatagʻonlik davri qurboni boʻlgan viloyatimiz vakillari bilan bogʻliq hujjatlar viloyat rahbarining eʼtiborini tortgan. Normat Tursunov muzey rahbariyatiga oʻzining taklif va tavsiyalarini bergan.

Shundan soʻng viloyat hokimi Normat Tursunov Karmana tumanida qatagʻon qurbonlari avlodlari va oila aʼzolari yashagan xonadonlarida boʻlib, ularning holidan xabar olgan.

Dastlabki manzil tumanning “Beshkent” mahallasi, 7-xonadonida istiqomat qilayotgan Qosimov Kozim bobo xonadoni. Qayd etilishicha, Kozim boboning ajdodlari qatagʻon qilingan.

Tursunov xonadon sohiblari bilan muloqot qilib, oʻtganlarni xotirlagan. Oiladan qatagʻonlikka uchragan ajdodlari yod etilib, ularning haqqiga duolar qilingan.
Shuningdek viloyat hokimi tumanning “Doʻrman” mahalla fuqarolar yigʻini “Tadbirkorlar” koʻchasi, 12-uyiga ham borgan.

Xonadon egasi Istam Azimov 1930-yillarda Ukrainaga surgun qilingan, surgundan qaytib maktabni Oʻzbekistonda oʻqigan. Sharof Rashidovni Navoiyda kutib olgan. Normat Tursunov Istam Azimovning qizlari Nigora Istamova bilan muloqot qildi. Oʻtganlarni xotirladi.
