So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Oʻzbekistonning 25 ta tumanida chorvachilik klasterlari tashkil etiladi – Prezident qarori
“Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Oʻzbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimi quyidagi 2 bosqichda joriy qilinadi:
1-bosqich – 2023–2024-yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 25 ta tumanda;
Ushbu tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.
2-bosqich – 2025–2026-yillarda respublikaning qolgan tumanlarida.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi sohada masʼul organ hisoblanadi.
Qaror bilan Qoʻmita huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, 25 ta tumanda bir necha yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi.
Shunga koʻra, tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga:
60 million AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
paxta va gʻalla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
2023-yil 1-dekabrdan chorvachilik xoʻjaliklari oʻz ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini Qoʻmita kafolati asosida 180 kun ichida toʻlab berish tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
➖ chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;
➖parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 15 ming soʻmini qoplash uchun.



