So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida yangi kadastr binosi foydalanishga topshirildi
Zamonaviy qurilish texnologiyasi asosida barpo etilgan ushbu bino Piskent tumanida joylashgan.
Bugun, 29-avgust kuni Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent boʻlimining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur binoning ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi rahbarlari, Piskent tuman hokimligi va tashkilotlari mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla nuroniylari ishtirok etishdi.

Ramziy lenta kesilgach barcha ishtirokchilar boʻlimda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, marosim davomida boshqarma rahbariyati tomonidan soha rivoji yoʻlida uzoq yillar tizimda munosib mehnat qilgan soha faxriylari munosib taqdirlandi.

Taʼkidlanishicha, zamonaviy qurilish texnologiyasi asosida barpo etilgan ushbu bino 300 dan ortiq yerdan foydalanuvchilari va 23 mingdan ziyod koʻchmas mulk obyektlari oʻzida jamlagan Piskent tuman aholisi uchun sifatli va samarali xizmat qiladi.