So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“EduCO FEST” yoshlar festivali – 2023
Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad ekologiya sohasida sifatli taʼlimni targʻib qilish.
Bugun, 2023-yil 18-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi markaziy istirohat bogʻida (sobiq “Telman” bogʻi) ilk bor “EduCO FEST” yoshlar festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad ekologiya sohasida sifatli taʼlimni targʻib qilish va Oʻzbekiston hamda butun dunyoda mehnat bozorida ushbu kasbga talab yuqori ekanligini namoyish etishdan iborat.
Festival Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti (“Green University”) tomonidan tashkil etildi.
“EduCO FEST” – taʼlim va ekologiyaning uygʻunlashuvi boʻlib, maqsad Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo yoshlari uchun qiziqarli, istiqbolli va ommabop yoʻnalish sifatida ekologiya sohasidagi taʼlimni ommalashtirishdan iborat.
Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mammadzade Munir, Misrning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmi, Markaziy Osiyo atrof-muhitni oʻrganish va iqlim oʻzgarishi universiteti (Green University) rektori Jasur Salixov, faol yoshlar, xalqaro tashkilotlar, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “Pecha-Kucha” formatida bir qator motivatsion maʼruzalar oʻtkazildi, unda mualliflar oʻz fikrlari va loyihalari bilan oʻrtoqlashdilar. Oʻzbekiston Koʻngillilar uyushmasi va Yoshlar agentligi koʻmagida mamlakatimizning 4 viloyatidan ekologik loyihalar mualliflari tanlab olinib, ular xalqaro ekspertlar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda oʻz taqdimotlarini oʻtkazdilar. “Yashil mehnat yarmarkasi” tadbirning muhim qismi boʻlib, unda xalqaro tashkilotlar, xususiy va davlat sektori vakillari ekologik bilimga ega mutaxassislarning kasb-hunar egallash imkoniyatlari haqida soʻz yuritdilar. UNICEF, FAO, BMTTD loyihalari, KPMG va boshqalar yoshlarga oʻz tashkilotlarida boʻsh ish oʻrinlari va amaliyot oʻtash haqida soʻzlab berishdi.
“EduCO FEST” dasturi turli musiqiy chiqishlar, SWOP bozori va mahorat darslariga boy boʻldi. “Yeko Zakovat” oʻyini natijasida viktorina gʻoliblariga UNICEF tomonidan taqdim etilgan planshetlar topshirildi.
Tadbirda Prezident qarori bilan 2023-yil may oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”) haqida soʻz bordi. “Green University” nafaqat Oʻzbekistonda, balki mintaqada ham zamonaviy ekologik muammolarni hal etishga qodir, yangi formatdagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan birinchi oliy taʼlim muassasasidir. Universitet oʻquv dasturida fanlararo yondashuvdan foydalanadi va talabalar xalqaro ekologik huquq, ekologik jurnalistika, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni boshqarish va menejment kabi dolzarb yoʻnalishlarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Jahon iqtisodiy forumi maʼlumotlariga koʻra, kelajakning eng yuqori haq toʻlanadigan kasblari quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan: sunʼiy intellekt, biotexnologiya, ekologiya va iqlim, tibbiyot.