So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻqituvchilarni taʼmirlash ishlariga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi
Mazkur holat Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sodir etilgan.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida oʻqituvchilarni maktab remontiga jalb qilgan direktor 33 million soʻm jarimaga tortildi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, holat Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan oʻrganilgan. Koson tumani 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori tomonidan oʻqituvchi va ishchi xodimlar taʼmirlash ishlariga jalb qilingani aniqlangan.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 (yuz) barobari, yaʼni 33 000 000 soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.