So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Paxta yetishtiruvchilarga QQSni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi
“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori 379-son, 14.08.2023-y. qabul qilindi
Qarorga koʻra:
2023-yil hosilidan paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
2026-yil 1-aprelgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga d huquqi beriladi;
paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.
QQSni boʻlib-boʻlib toʻlash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.
2023-yil 5-sentyabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yigʻib olish bilan bogʻliq maʼlumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023-yil 15-sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.