So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX Toshkentda giyohvandlik moddalari bilan savdo qiluvchilarni qoʻlga oldi
Shuningdek, Toshkent viloyatida 4kg yaqin giyohvand modda topilgan.
DXX Toshkent shahri va Toshkent viloyatida giyohvandlik moddalari bilan savdo qiluvchilarni qoʻlga oldi
➖24 yoshli fuqaro narkokurerlar tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xufiyona joyga qoldirib ketilgan 3 kg. 906 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
U ushbu giyohvandlik moddasini Olmazor tumanida yashovchi ayolning koʻrsatmasiga asosan olganligini maʼlum qildi. Mazkur ayol ijaraga olgan xonadonda narkotik moddalarni kichik boʻlaklarga boʻlib, internet orqali sotuvga chiqarish uchun sharoit yaratilganligi aniqlangan
➖Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2 nafar fuqaro narkokurerlar tomonidan Toshkent tumanidagi xufiyona joyga yashirib ketilgan 927 gr. “Metamfetamin” vositasini olgan vaqtlarida ushlangan.
➖Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikki nafar fuqaro uchinchi shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 857 gr. “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.