So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi
Maʼlumki, shu vaqtga qadar import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilar edi.
“Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida«gi Hukumat qarori (382-son, 14.08.2023 y) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi bekor qilinadi;
elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish amaliyoti tugatiladi;
tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilinadi;
soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.